"Roma" himoyachisi jamoadan ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"Vesterlo" "Roma"dan Brayan Reynoldsni sotib oldi.
O'tgan mavsumda Belgiya klubida ijara asosida o'ynagan himoyachi jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
GOAL xabariga ko'ra, rimliklar buning uchun 3,5 million evro olishadi va ular keyingi sotish summasining 25 foizini ham olish huquqiga ega.
AQSh terma jamoasi futbolchisi “Roma” safida 8 marta maydonga tushgan. U "Vesterlo" uchun 34 o'yin va 5 golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!