Osimxen bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148
“Napoli” safida Italiya chempionatida to'p tepayotgan nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen kelajagi borasida bir qarorga keldi.
La Gazzetta dello Sport jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, afrikalik hujumchi neapolliklar jamoasida qolish niyatida.
Keyingi haftada Osimxenning agenti “Napoli” rahbariyati bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash masalasini muhokama qiladi. Futbolchining maoshi etti million evro va bonus to'lovlarini tashkil qiladi.
Viktor Neapol jamoasida 2020 yilning sentyabridan buyon o'ynamoqda. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Nigeriyalik futbolchi o'tgan mavsumda A seriyaning eng yaxshi to'purari bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!