"Barselona" himoyachini sotishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachi Serjino Destning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Insayder Xavi Migelga ma'lum bo'lganidek, klub amerikalikni joriy transfer oynasida sotmoqchi.
Agar sotuv amalga oshmasa, Ispaniya chempioni futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan avval bekor qilishga tayyor. Dest bosh murabbiy Xavi Ernandesning rejalarida emas.
Eslatib o'tamiz, Serjino "Barselona"ga Amsterdamning "Ayaks" klubidan 21 million evro evaziga o'tgan edi. Himoyachining mehnat shartnomasi 2025 yilning o'rtalarigacha hisoblangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!