EKL. "Ordabasi" va "Legiya" muxlislari o'yindan oldin mushtlashishdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Kecha Chimkentda UEFA Konferentsiyalar Ligasi ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi "Ordabasi" va Varshavaning "Legiya" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bir qator manbalar o'yindan oldin bo'lib o'tgan ikki jamoa muxlislari o'rtasidagi to'qnashuv videosini e'lon qildi. Kadrlarda o'nlab "Legiya" muxlislari stadion yaqinida mahalliy muxlislar bilan mushtlashgani, ba'zi fanatlar zarbalar almashganini ko'rish mumkin. Orqa fonda politsiya sirenalarining tovushlari eshitilmoqda.
Avvalroq Varshavadan Chimkentga "Legiya"ning 150 ga yaqin muxlisi kelgani xabar qilingandi.
Uchrashuvda durang natija qayd etilgan – 2:2, uchrashuv yakunida "Legiya" darvozasiga penalti belgilanmaganidan so'ng mezbonlar muxlislari maydonga shisha otishni boshlashdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu bellashuvda hamyurtlarimiz Shaxboz Umarov va Bobur Abduholiqovlar ishtirok etishdi.
27.07.2023, Ordabasy???????? (left) vs. Legia Warszawa???????? (right) https://t.co/Fjy3xrlEmQ pic.twitter.com/nZcgUOD1ML
— Hooligans.cz Official (@hooliganscz1999) July 27, 2023