Fodenning kelajakdagi maqsadi nima?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden kelajakdagi maqsadlari haqidagi savolga javob berdi.
23 yoshida angliyalik futbolchi "shaharliklar" bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi, jumladan, beshta Premer-liga chempionligi va yaqinda Chempionlar Ligasidagi g'alaba.
“Men nimaga erishmoqchiman? Buni aytish qiyin, lekin, albatta, Angliya termasi bilan nimadir yutish ajoyib bo'lardi.
O'tgan mavsum ajoyib o'tdi, ammo buni unutish vaqti keldi. Biz yana bor e'tiborimizni barcha sovrinlarni qo'lga kiritishga qaratishimiz kerak", - dedi Foden, u debyutidan beri "Manchester Siti" safida 217 ta o'yinda 60 ta gol va 41 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!