Sanshesh Enrikega "PSJ"dan ketish istagini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"PSJ" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh hozirgi jamoasini tark etish istagini bildirdi. Jurnalist Bruno Salomonning xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Luis Enrike bilan shaxsan gaplashib, ketish istagini bildirgan.
Qayd etilishicha, Sanshesh jamoadoshlariga ham istagi haqida ham gapirgan. Hozircha Renatu uchun eng real variant "Roma" bo'lib, u erda uni portugaliyalik murabbiy Joze Mourino ko'rishni istaydi. Biroq, kelishuvni amalga oshirish qiyin bo'ladi, chunki "jallorossi" faqat o'yinchi ijaraga olishga tayyor, "PSJ" esa Renatudan to'liq qutulmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!