Falkao Saudiya Arabistoniga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Rayo Valekano" hujumchisi Radamel Falkao tez orada faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, kolumbiyalik hujumchi bilan bir qator mahalliy klublar qiziqish bildirmoqda.
37 yoshli Falkaoning "Rayo Valekano" bilan shartnomasi tugashiga hali bir yil bor, ammo futbolchi Saudiya Arabistonida nihoyat katta pul ishlash uchun hozir ketishga tayyor.
Falkao o'tgan mavsumda La Ligada 22 o'yinda atigi 2 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!