"Milan" yaqin orada Chukvueze transferini e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
"Vilyarreal" hujumchisi "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tomonlar hozirda potentsial kelishuvning qolgan tafsilotlari bo'yicha muzokaralar olib borishayotgani haqida xabar berdi. Manbaga ko'ra, imzolash uchun barcha hujjatlar bugun, 24 iyul kuni tayyor bo'ladi. Yaqin kunlarda Chukvueze Milana etib keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Oldinroq nigeriyalik futbolchining transferi "Milan"ga 28 million evroga tushishi, Chukvuezening "rossoneri" bilan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!