Lautaro ham Saudiyadan tushgan taklifga rad javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini "Al-Hilol"da davom ettirishi mumkin edi, deya xabar bermoqda Tuttomercatoweb nashri.
Qayd etilishicha, saudiyaliklar argentinalikka yiliga 48 million evro maosh bilan besh yillik shartnoma taklif qilishgan. "Inter" Lautaro uchun 120 million so'ramoqchi edi, ammo "Al-Hilol" 60 million bilan muzokara boshlashga tayyor edi.
Martines Saudiya jamoasining taklifini rad etdi va Italiyada qolishga qaror qildi.
25 yoshli forvard o'tgan mavsumda 57 o'yinda 28 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!