"An-Nasr" Dembelega yirik shartnoma taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
Santi Auna xabariga ko'ra, "An-Nasr" "Barselona" vingeri Usmon Dembeleni sotib olishga harakat qilmoqda.
Saudiya klubi 50 million evro miqdoridagi tovon to'lashga tayyor bo'lganidan tashqari, futbolchining o'ziga mavsumiga 40 million evaziga 5 yillik shartnoma taklif qilingan, biroq frantsuz bu taklifni rad etgan.
"Barselona" futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Oldinroq, agar Kilian Mbappe jamoani tark etsa, Dembele "PSJ"ning asosiy maqsadi ekani xabar qilingandi.
Kecha, 22 iyun kuni parijliklarning advokatlari va Mbappe futbolchining ketishi borasida muzokara olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!