Filipe Luis «Flamengo» bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 412
Braziliyaning «Flamengo» klubi chap qanot himoyachi Filipe Luis bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 33 yoshli futbolchi Rio-de-Janeyro shahri klubi bilan 2021 yilning dekabr oyiga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekdi.
Braziliyalik futbolchi yakshanba kuni erkin agent sifatida «Atletiko»ni tark etgan edi. Felipe Luis 8 yil (2010-2014 va 2015-2019 yillar) davomida "matraschilar" sharafini himoya qildi. Shuningdek, futbolchi faoliyati davomida «Figeyrense», «Deportivo» va «Chelsi» jamoalarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!