"Liverpul"ning yangi xaridi jamoaga moslashuvi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Liverpul"ga yangi kelgan Dominik Soboslai jamoaga moslashuvi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu oddiy emas. Men "Leyptsig"dan keldim, haqiqatan ham kuchli jamoa, lekin baribir bu erda mavsumoldi mashg'ulotlar juda qiyin. Men hayotimda kuniga uch bor mashq qilmaganman! Jamoadagi hamma meni juda mehmondo'st va do'stona munosabatda. Nazarimda, men bu erda anchadan beri bo'lgandekman. Hamma menga juda mehribon va savollarim bo'lsa doim yordam beradi", - deya Soboslaining so'zlarini keltiradi Sport Online.
2022/2023 yilgi mavsumda Soboslai "Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 46 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!