"Bavariya" Keyn uchun 3-taklif bilan chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
"Bavariya" yozda yulduz hujumchi Xarri Keynni sotib olishga umidvor. The Times xabariga ko'ra, Bundesliga giganti hozirda "Tottenxem"ning ikki marta rad javobidan so'ng angliyalik futbolchining transferi bo'yicha uchinchi taklifni tayyorlamoqda.
"Tottenxem" Keynni 100 million funtga baholamoqda. Shu bilan birga, bir yil ichida o'z etakchisini tekin yo'qotish xavfi London klubining muzokaralar jarayonidagi pozitsiyasini yumshoqroq qilishi mumkin.
Iyul oyi oxirida Keyn o'zining 30 yoshini nishonlaydi. Transfermarkt portali hujumchini 90 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!