Mbappe transferga qo'yildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
"PSJ" klubi hujumchi Kilian Mbappeni transferga qo'yishga qaror qildi, deb yozdi jurnalist Fabritsio Romano.
Juma kuni ma'lum bo'lishicha, Parij klubi 24 yoshli frantsiyalik futbolchini Yaponiyadagi mavsumoldi yig'iniga olib bormagan. 15 iyulga qadar "PSJ" rahbariyati hujumchidan shu yozda shartnoma uzaytirilishi yoki transferi bo'yicha javob olmagan va futbolchi kelasi yozda "Real"ga tekinga o'tishga rozi bo'lgan deb hisoblanmoqda.
Mbappening "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 180 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!