"Yuventus" yarim himoyachi bilan shartnoma borasida kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 514
Yaqin kunlarda Turinning "Yuventus" klubiga "Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Keza kelib qo'shilishi mumkin.
Tuttosport.com xabariga ko'ra, turinliklar allaqachon 21 yoshli yarim himoyachi bilan shaxsiy kelishuvga rozi bo'lgan. Endi klublar o'zaro kelishib olishlari kerak.
Xabar qilinishicha, Keza "Yuventus" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma'lumot o'rnida, Keza "A" Seriyaning o'tgan mavsumida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 7 ta gollik uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!