"Yuventus" Neymar uchun 2 ta futbolchisini bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1451
Turinning "Yuventus" klubi "PSJ" hujumchisi Neymar uchun kurashga kirishdi. Bu haqda "Mundo Deportivo" yozmoqda.
Manbaga ko'ra, turinliklar braziliyalik futbolchi uchun taklif tayyorlashga ulgurishgan. Unga ko'ra, "Yuventus" rahbariyati Neymar uchun Blez Matyuidi, Paulo Dibala va ma'lum miqdorda pul berishga tayyor. Ammo bu amalga oshmasligi mumkin, chunki "PSJ" rahbariyati Neymarni biror-bir futbolchiga almashtirishni emas, to'liq sotishni ko'zlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!