Mane Ronalduning jamoadoshiga aylanishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane "An-Nasr"ga o'tishga rozi bo'ldi, deb xabar beradi L'Equipe.
Avvalroq, 31 yoshli senegallik nemis klubidan rozilik olgani ma'lum bo'lgandi. "Bavariya" futbolchi uchun taxminan 32 million evro oladi.
Afrikalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Mane 38 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!