O'rtoqlik uchrashuvi. "Arsenal" "MLS yulduzlari" terma jamoasini "ko'rmadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Vashingtonda o'rtoqlik o'yini yakunlandi, unda Londonning "Arsenal" jamoasi "MLS yulduzlari" jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etdi.
"Kanonirlar" tarkibida Gabriel Jezus, Leandro Trossard, Jorjino, Gabriel Martinelli va Kay Xaverts gol kiritishdi.
Bu o'yinda "MLS yulduzlari" bosh murabbiyi Ueyn Runi bo'ldi.
"Arsenal" (Angliya) – "MLS yulduzlar" (AQSh) – 5:0 (2:0)
AQSh, Vashington
Gollar: 1:0 – Jezus (6), 2:0 – Trossard (23), 3:0 – Jorjino (47, pen.), 4:0 – Martinelli (84), 5:0 – Xavertts (89).
"Arsenal": Remsdeyl (Xeyn, 46), Uayt (Trasti, 80), Saliba (Timber, 64), Magalyaes (Tomiyasu, 65), Kiver (Tirni, 64), Jorjino (Rays, 65), Trossard (Martinelli, 56), Vieyra (Markinos, 65), Saka (Xavertts, 46), Nketia (Edegor, 46), Jezus (Balogun, 65).
"MLS yulduzlari": Byurki, Barreal, Tsimmermann, Glesnes, Xollingsxed, Muxtar, Martines, Puch, Akosta, Buanga, Benteke.