"Milan" Danjumaning variantidan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
“Milan” “Vilyarreal” hujumchisi Arno Dandjuma xizmatidan bosh tortdi, biroq ayni paytda “sariq suvosti kemasi”ning boshqa hujumkor futbolchisiga e'tibor qaratdi. Diario AS nashri xabariga ko'ra, "rossonerilar" endi qanot hujumchisi Samuel Chukvuezeni sotib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Vilyarreal” Dandjuma ijarasi uchun tovon puli sifatida 4 million evro talab qilgandi. Bu talablarni Angliyaning "Everton" jamoasi bajarishga tayyor, ammo "Milan" emas.
Chukvueze avval "Real Madrid"ning nishonida bo'lgan, ammo nigeriyalik vingerni sotib olish hozirda "Qirollik klubi"ning rejalaridan chqarilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!