"Brayton" "Chelsi"ning 80 million evrolik taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
45"Brayton" "Chelsi"ning yarim himoyachi Moyses Kaysedo uchun 80 million evrolik taklifini rad etdi.
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, "Brayton" o'z futbolchisini Deklan Raysning yakunlangan transferi bilan bir xilda baholamoqda. Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Raysni "Vest Xem"dan 105 million funtga sotib olgan edi.
Biroq, manbaning xabar berishicha, klublar o'rtasidagi muzokaralar hamon davom etmoqda.
Shanba kuni "Brayton" o'rtoqlik uchrashuvida Filadelfiyada "Chelsi" bilan o'ynaydi.
Kaysedo o'tgan mavsumda Premer-ligada 37 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!