Sadio Manening agentlari Saudiya klublari bilan muzokara o'tkazdi. Futbolchining o'zi “Bavariya”da qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Sadio Mane “Bavariya”da qolishni xohlaydi, biroq rahbariyat futbolchini keyingi mavsum rejalariga kiritmayapti.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel vingerni sotib yuborilishini xohlamoqda.
Bundesliga chempioni senegallik futbolchi uchun 32 million evro va bonuslar talab qiladi.
31 yoshli futbolchi hech qaerga ketishni istamasa-da, uning agentlari Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokaralar o'tkazgan va voqealar rivojini kutmoqchi.
Sadio Mane o'tgan mavsum Bundesligada 25 ta o'yin o'tkazib, 7 ta golga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!