"Nottingem Forest" "Man Yunayted" bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
"Nottingem Forest" klubi darvozaboni Din Xenderson uchun "Manchester Yunayted" bilan muzokaralarga kirishdi.
Kuni kecha "qizil iblislar" "Inter"dan Andre Onanani qo'lga kiritgandan so'ng darhol ingliz darvozaboni sotib yuborishi haqida xabar paydo bo'ldi. Jurnalist Lauri Uaytuellning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, Xenderson uchun klublar o'rtasida transfer muzokaralari allaqachon boshlangan. Mish-mishlarga ko'ra, "Nottingem Forest" 26 yoshli futbolchi uchun 20 million evrodan ko'proq pul to'laydi.
Din Xenderson "Manchester Yunayted" asosiy jamoasida 29 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi o'tgan mavsumda "Nottingem Forest"da ijara asosida o'ynadi va "o'rmonchilar" safida Premer-ligada 18 ta o'yinda 31 ta gol o'tkazib yubordi.