"Inter" Morata uchun ilk taklifini yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Inter" "Atletiko"ga hujumchi Alvaro Moratani sotib olish bo'yicha birinchi taklifni yubordi, deb xabar beradi Football Italia.
Manba bergan xabarga ko'ra, "neradzurrilar" Romelu Lukaku "Yuventus"ga o'tishga qaror qilganlaridan keyin yangi hujumchi qidirmoqda. "Inter" 30 yoshli ispaniyalik uchun 15 million evro taklif qildi.
Morata o'tgan mavsumda "Atletiko" safida barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!