"Inter" "Arsenal"ni qanday rozi qilmoqchi ekanligi oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Milanning “Inter” klubi “Arsenal” hujumchisi Folarin Balogunni sotib olmoqchi.
"Neradzurrilar"ning 22 yoshli futbolchi uchun birinchi taklifi "kanonirlar"ning talablariga javob bermayapti, ammo Italiya klubi bu bilan to'xtab qolmoqchi emas. Jurnalist Jeyms Benjning so'zlariga ko'ra, “Inter” “Arsenal”ga talab qilinadigan 50 million funt sterlingni (taxminan 58 million evro) taklif qilishi dargumon, lekin shartnomaga qayta sotish foizi yoki birinchi navbatda qayta sotib olish huquqi kabi bandlarni kiritishi mumkin.
O'tgan mavsumda Folarin Balogun Frantsiyaning “Reyms” jamoasida ijara asosida o'ynadi va Liga 1ning 37ta o'yinida 21ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!