Messining ilk o'yini uchun chiptalar "osmonga ko'tarildi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
"Inter Mayami" Lionel Messini jamoaga tanishtirdi. Argentinalik futbolchi MLS klubi uchun birinchi marta Liga kubogi doirasidagi "Kruz Azul"ga qarshi o'yinda maydonga chiqadi. O'yin jumadan shanbaga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
Goal portalining xabar berishicha, ushbu o'yin uchun chiptalar narxi "osmonga ko'tarilgan". Saytlardan birida hatto bitta chiptani 110 ming dollarga sotib olish mumkin.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi "Inter Mayami" bilan 2025 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!