Artur A Seriyaning boshqa klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
"Fiorentina" yarim himoyachi Artur Melo bilan shartnoma imzolaganini e'lon qilmoqchi.
"Binafsharanglar" 26 yoshli braziliyalik futbolchini "Yuventus"dan ijaraga oldi. Shartnoma 20 million evroga sotib olish imkoniyatini o'z ichiga oladi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda gapirdi.
Qayd etilishicha, "Yuventus" Arturga ijara muddati davomida maoshining bir qismini to'lab beradi.
Eslatib o'tamiz, Artur 2022/2023 yilgi mavsumni "Liverpul"da ijara asosida o'tkazgan. Biroq, braziliyalik Yurgen Klopp jamoasida deyarli o'ynamadi.
“Fiorentina” 19 avgust kuni A Seriyaning birinchi turida “Jenoa”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!