Gyundogan bexosdan "Barsa"ga kelib qolgani yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
Yarim himoyachi Ilkay Gyundogan "Barselona" futbolchisi sifatida tanishtirildi.
Taqdimot marosimida Kataloniya klubi prezidenti lavozimini egallab turgan Joan Laporta ham so'zga chiqdi.
"Gyundogan Xavi shu yozda mendan shartnoma imzolashni so'ragan birinchi futbolchi edi. U bizning taklifimizni tanlaganidan faxrlanaman. Biz yaxshi taklif tayyorlagandik", - dedi Laporta.
Eslatib o'tamiz, Gyundogan "Barselona"ga erkin agent sifatida o'tgan edi. 2022/2023 yilgi mavsum yakunida germaniyalik yarim himoyachining “Manchester Siti” bilan shartnomasi yakuniga etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!