"Inter" "Arsenal" hujumchisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Inter" "Arsenal" hujumchisi Folarin Baloganni sotib olish borasida jiddiy o'ylamoqda.
O'tgan dam olish kunlari “Inter” 2022/23 yilgi mavsumni “San-Siro”da “Chelsi”dan ijara asosida o'tkazgan Romel Lukakuga qiziqishlarini yakunlagani ma'lum bo'ldi.
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, "Inter" muqobil maqsadlarga o'tishga qaror qilgan va shunday maqsadlardan biri - o'tgan mavsumda Frantsiyaning "Reyms" jamoasi tarkibida ijarada o'tkazib, 21 ta gol urgan Balogandir.
Biroq, "Inter" 22 yoshli hujumchi uchun hali taklif bilan chiqqanicha yo'q, uning narxi 50 million funtga baholangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!