"Atletiko" ikki tayanch yarim himoyachilarning transferi ustida ish olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Joriy yozgi transfer oynasida "Atletiko Madrid" yarim himoya markaziga bitta o'yinchi olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone o'z jamoasida maydon markazini kuchaytirish uchun ikki asosiy da'vogar haqida qaror qabul qilgan.
Qayd etilishicha, “Atletiko” “Tottenxem”ning 27 yoshli yarim himoyachisi Per-Emil Geyberg va “Fiorentina”ning 26 yoshli tayanch yarim himoyachisi Sofyan Amrabatni sotib olish ustida ishlamoqda.
Avvalroq Geyberg Chempionlar ligasi borligi sababli "Atletiko"ga o'tishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!