Reshford "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Hujumchi Markus Reshford "Manchester Yunayted" bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib bordi. Tomonlar 2028 yilning o'rtalariga qadar hisoblangan yangi mehnat shartnomasini imzolashga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Markusning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi.
Reshford o'tgan mavsumda "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushdi. U 30 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining transfer narxi 80 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!