"Inter Mayami" prezidenti Messining transferi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Lionel Messi "Inter Mayami"ga yangi kelgan futbolchi sifatida tanishtirildi. Argentinalik yulduzning taqdimoti yomg'ir tufayli biroz kechikdi, ammo shou muvaffaqiyatli bo'ldi, deya xabar beradi GOAL portali o'z sahifalarida.
"Biz nafaqat eng yaxshi futbolchilarni, balki eng yaxshi futbolchini taklif qilishni orzu qilgandik va uning ismi Lionel Andreas Messi", - dedi "Inter" Maypmining egasi Xorxe Mas.
36 yoshli Messi 10-raqamli futbolkani "Inter Mayami" rahbarlaridan oldi. Argentinalik hujumchi tez orada yangi jamoasida debyut qiladi.
Eslatib o'tamiz, Leo Messi "PSJ"dagi ikki mavsumdan so'ng "Inter Mayami"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!