Nahotki! Maguayrga APL top-klubidan qiziqish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr Angliyaning boshqa top-klubiga o'tishi mumkin. Goal.com jurnalistlarining xabar berishicha, 29 yoshli futbolchini o'z safiga Londonning "Chelsi" klubi qo'shib olishga qiziqmoqda.
Potentsial kelishuv summasi taxminan 35 million evroni tashkil qilishi mumkin. Maguayrning “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Xarri 2019 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Uning transferi mankunianliklarga 87 million evroga tushdi. Himoyachi o'tgan mavsumda Premer-ligada 16 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta sariq kartochka olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!