"Chelsi" Kaysedo transferini jadallashtiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Chelsi" qiziqish bildirayotgan "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo Amerika safari davomida jamoaga qo'shiladi. Bu haqda jurnalist Endi Neylor xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Chelsi" 21 yoshli ekvadorlik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvni tezroq yakunlash uchun faolroq muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, bungacha klublar o'rtasidagi aloqalar juda sekin rivojlangan va asosiy shaxslar muzokaralarda kamdan-kam qatnashgan.
Oldinroq London klubi "Brayton" futbolchisi uchun bonuslarni hisobga olmaganda 80 million evro taklif qilmoqchi ekani xabar qilingandi.
Kaysedo o'tgan mavsumda "Brayton" tarkibida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali Ekvador terma jamoasi futbolchisini 75 million evroga baholadi.