Roka "Lids"dan "Betis"ga ijaraga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Lids" o'zining rasmiy saytida yarim himoyachi Mark Roka "Betis"ga ijara asosida o'tganini e'lon qildi.
26 yoshli ispaniyalikning shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
"Biz Markga "Benito Vilyamarin" stadionida omad tilaymiz", - deyiladi "Lids" bayonotida.
Roka 2022/23 yilda “tovuslar” safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shartnoma 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!