Malkom Braziliya terma jamoasidagi debyuti haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Malkom Braziliya terma jamoasidagi debyuti haqida gapirdi. Futbolchi Gvineya (4:1) va Senegal (2:4) terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan. Malkom birinchi uchrashuvdayoq u gol urdi.
“Milliy terma jamoada o'ynash ajoyib baxt edi. Har doim bu haqda orzu qilganman! Menga hammasi juda yoqdi. Terma jamoa uchun o'yinlar men uchun o'ziga xos narsa", - deya post qoldirdi Malkom ijtimoiy tarmoqlar orqali.
O'tgan mavsumda 26 yoshli hujumchi Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi to'purariga aylandi. U 27 ta o'yinda qatnashib, 23 ta gol (2 tasi penaltidan) va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!