"Chelsi" Kaysedo uchun yaxshilangan taklif bilan chiqadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Chelsi" yarim himoyachi Moyses Kaysedo uchun "Brayton"ga yangi taklif bilan chiqadi.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar cho'zilib ketmoqda, futbolchining o'zi esa londonliklar safiga qo'shilishga tayyor. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, “Chelsi” ekvadorlik futbolchi uchun 80 million evrodan ko'proq va bonuslar taklif qiladi. "Aristokratlar" rahbariyati transferni yangi haftada yakunlashga umid qilmoqda, ammo hozircha "Brayton"dan hech qanday kafolat yo'q.
Moyses Kaysedoning transfer narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 75 million evroga baholanmoqda. 21 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda “chaykalar” safida 53 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta assist qayd etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!