Podolski: "Keyn "Bavariya"ga yordam bera oladigan hujumchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Arsenal" va "Kyoln" klublarining sobiq hujumchisi Lukash Podolski "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn yozda "Bavariya"ga o'tishiga ishonmoqda.
"Ha shunday deb o'ylayman. Uli Xyoness bunday bayonotlarni aytganida, buning orqasida nimadir bor. U so'zlarni bekorga aytmaydi. Xarri Keyn "Bavariya"ga chinakam yordam bera oladigan yagona hujumchi. U klassik "to'qqizlik", gollar uradi - "Bavariya" uchun juda zo'r", - dedi Podolski.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Bavariya" faxriy prezidenti Uli Xyoness angliyalik hujumchining ehtimoliy transferi haqida gapirgan edi. "Bavariya"ning Keynni sotib olish bo'yicha ikkita boshlang'ich taklifi "Tottenxem" tomonidan rad etildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!