Kuadradoning "Inter" bilan tuziladigan shartnoma muddati ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
"Yuventus"ning sobiq himoyachisi Xuan Kuadrado "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi, bu haqda insayder Fabritsio Romano o'zining Twitter sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, kolumbiyalik futbolchi "neradzurrilar"ning 2024 yilning yoziga qadar shartnoma taklifiga rozi bo'lgan. Seshanba kuni futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kuadradoning “Inter”dagi maoshi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 2 million evro bo'lishi ma'lum bo'lgan edi.
2022/2023 yilgi mavsumda Xuan "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!