Sangarega APLdan qiziqish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Niderlandiyaning PSV klubi yarim himoyachisi Ibrohim Sangare tez orada Angliya Premer-ligasining “Nottingem Forest” klubi futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Uest-Bridjford klubi rahbariyati allaqachon eyndxovenliklarga taklif bilan chiqqan va hozircha javob kutmoqda.
Premer-liga jamoasi Sangarega uzoq vaqtdan beri qiziqish bildirib kelmoqda.
"Chelsi", "Arsenal", "Tottenxem" va "Liverpul" ham ivuarlik futbolchini kuzatib borayotgani haqida xabarlar mavjud.
Sangare o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta o'yin o'tkazdi, PSV Erediviziyada ikkinchi o'rinni egalladi va mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!