Langle "Tottenxem"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Barselona" himoyachisi Kleman Langle "Tottenxem"ga o'tishga yaqin turibdi, deb xabar beradi Sport.es.
28 yoshli frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsumda londonliklar safida ijara asosida o'ynadi. U 35 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Langle 2018 yildan beri "Barselona"da o'ynab kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali himoyachining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!