Fekir "Betis"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 550
Ispaniyaning "Betis" klubi "Lion" bilan Nabil Fekirni 25 million evro evaziga sotib olish bo'yicha kelishib oldi deb xabar beradi El Transistor.
Manbaning ma'lum qilishicha, Frantsiya terma jamoasi a'zosi jamoa bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Avvalroq, Fekir bilan "Sevilya", "Valensiya" va "Milan" jamoalari qiziqgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Fekir Frantsiya Ligasining 29 o'yinida ishtirok etib 9 ta gol va 7 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Chempionlar ligasida esa 26 yoshli yarim himoyachi hisobida 6 uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta gollik uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!