Fabino "Liverpul" bilan Germaniyaga uchmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Liverpul" yarim himoyachisi Fabino jamoa bilan Germaniyadagi yig'inga uchmaydi, deb xabar beradi The Athletic.
Manbaga ko'ra, 29 yoshli braziliyalik "Liverpul"ga 40 million funt taklif qilgan "Al-Ittihod"ga o'tishga yaqin turibdi. Footmercato xabariga ko'ra, Saudiya klubi futbolchining o'zi bilan 3 yillik shartnomaga kelishib olgan.
Fabino o'tgan mavsumda “Liverpul” safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!