“Yuventus” ivuarlik futbolchi bo'yicha muzokaralarni tezlashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Turinning “Yuventus” klubi yaqin kunlarda “Barselona”dan yarim himoyachi Frank Kessiening transferi bo'yicha muzokaralarni tezlashtirish niyatida.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, ivuarlik "keksa sinyora" uchun yarim himoyani kuchaytirish uchun ustuvor maqsad bo'lib qolmoqda.
Manbaga ko'ra, "Yuventus" tez orada "Barselona" tomonidan 35 million evroga baholangan Kessieni sotib olish uchun harakat qiladi. Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubi bir yil avval "Milan"dan tekinga bu futbolchini olgandi.
Kessie "Barselona"dagi yagona mavsumida Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!