"Manchester Siti" xavbeki "Barselona" taklifini kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona"ga o'tmoqchi.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes portugaliyalikning o'yiniga uzoq vaqtdan beri muxlislik qiladi, biroq Kataloniya klubining moliyaviy qiyinchiliklari va "shaharliklar"ning transfer talablari tufayli kelishuv deyarli imkonsiz deb topildi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Silva "Barselona"dan uni sotib olish uchun yana bir urinib ko'rishini kutmoqda. Ispan grandi agent Jorje Mendesh bilan allaqachon uchrashuv o'tkazgan va tomonlar "Manchester Siti" muzokaraga tayyor ekaniga ishonch hosil qilishgan.
Transfermarkt Bernardu Silvaning narxini 80 million evroga baholamoqda. 28 yoshli futbolchiga "PSJ" ham qiziqish bildirmoqda.