Anchelotti: "Real" va "Barselona" o'rtasida o'rtoqlik o'yinlari bo'lmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Amerika turnesi doirasida “Barselona”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida gapirdi.
“Ushbu uchrashuv qaerda bo'lishi muhim emas. "Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin hech qachon o'rtoqlik o'yini bo'lmaydi. Bu alohida kurash bo'ladi. Bu raqiblar o'rtasida hech qachon o'rtoqlik o'yinlari bo'lmaydi", - dedi italiyalik mutaxassis.
"Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi 29 iyul kuni Arlingtonda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Kataloniya klubi Ispaniya chempioni bo'lgan, madridliklar esa kumush medallarni qo'lga kiritgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!