Shelvi Ispaniyaga olib ketilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Jonjo Shelvi jamoa bilan Ispaniyadagi yig'inga bormaydi. Murabbiylar shtabi futbolchini qaydnomaga kiritmagan.
The Telegraph xabariga ko'ra, klub endi futbolchini rejalariga kiritmagan. U "Nottingem Forest"ga transferidan 6 oy o'tib jamoani tark etishi mumkin.
31 yanvar kuni Shelvi 2025 yilgacha shartnoma imzolagandi. O'tgan mavsumda u bor yo'g'i 8 uchrashuvda qatnashib, samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!