"Monako" Avstriyaning eng yaxshi darvozaboni bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Zaltsburg" darvozaboni Filipp Ken tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va "Monako" bilan shartnoma imzolashga hozirlik ko'rmoqda.
Monegasklar o'tgan mavsumda Avstriya chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topilgan 25 yoshli shveytsariyalik bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib oldi.
2022/23 yilgi mavsumda Ken barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol o'tkazib yuborgan. Shuningdek, uning hisobida 19 ta quruq uchrashuv bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!