"Bavariya" darvozaboni faoliyatini Bundesliganing boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Bavariya" darvozaboni Aleksandr Nyubel shu hafta Shtutgartda bo'lib, mahalliy klub rahbariyati bilan uchrashdi, deb yozdi jurnalist Florian Plettenberg tvitterda.
"Shtutgart" 26 yoshli nemis futbolchisini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi. Futbolchini shuningdek “Lids Yunayted” kuzatib bormoqda, biroq hali rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q.
So'nggi ikki mavsumda Nyubel "Monako"da ijara asosida o'ynadi. 2022/23 yilgi mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 75 ta gol o'tkazib yuborgan va 10 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!