Bugun uch nafar bokschimiz Tailandda ringga ko'tariladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Bugun, 15 iyul kuni Tailandning Puket shahrida boks oqshomi o'tkaziladi.
IBA tomonidan tashkil etilayotgan mazkur "Chempionlar oqshomi"da hamyurtlarimiz Hasanboy Do'smatov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va Mujibillo Tursunovlar jang qilishi haqida avvalroq xabar qilgandik.
Turnir doirasida 8 ta jang o'tkaziladi. Shularning uchtasi hamyurtlarimiz ishtirokida tashkil etiladi.
O'zbek bokschilari ishtirokidagi janglar:
-51 kg: Hasanboy Do'smatov (O'zbekiston) - Martin Molina Salvador (Ispaniya)
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov (O'zbekiston) - Muhammedsabir Bazarbay Uulu (Qozog'iston)
-71 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (O'zbekiston) - Dulat Bekbauov (Qozog'iston).
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!