Ronaldu «Totenxem»ga qarshi o'yin paytida yosh muxlisni xursand qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1250
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (2:3) e'tiborga molik ishga qo'l urdi.
Portugaliyalik futbolchi bahsning 63-daqiqasida zaxiraga olinganidan keyin "Yuventus" zaxira o'rindig'i tomon yosh bolakay keldi. "Yuve" muxlisi bo'lgan bu bolani Ronaldu qarshi oldi, u bilan suratga tushdi. Shundan so'ng Ronaldu bu bolani zaxira o'rindig'idagilar bilan yonma-yon o'tirishga taklif qildi.
"Xavfsizlik xizmati xodimlari bu bolani olib ketishsa kerak, deb o'ylagandim. Ammo u maydonga yugurib chiqqan fanat emas, oddiy muxlis edi. Bu bola uchun quvonchli lahza bo'ldi", - dedi "Yuventus" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!